Baholash va unvonlar
SkillNest'da ikki mustaqil rag'bat oqimi bor. O'quvchi XPsi o'rganish faolligi uchun, o'qituvchi XPsi kontent yaratish uchun beriladi. Har ikkisi bitta umumiy balansga qo'shiladi va unvon shu balansdan belgilanadi.
O'quvchi XPsi — to'liq jadval
| Harakat | XP | Izoh |
|---|---|---|
| Darsni yakunlash | 15 | Har bir yangi yakunlangan dars |
| Kursni 100% tugatish | 150 | Darslar uchun 15 XP alohida |
| Kursga sharh | 15 | Baho (1–5) + matn shart |
| Testga sharh | 10 | Bitta testga bitta sharh |
| Testni topshirish | test mukofoti | Faqat birinchi muvaffaqiyatli urinish |
| Imtihondan o'tish | to'liq mukofot | Odatda 100 XP |
| Imtihondan o'tolmaslik | ballning yarmi | Har urinishda |
Test mukofoti formulasi
Test yaratilganda mukofot avtomatik hisoblanadi va uni o'zgartirib bo'lmaydi:
mukofot = savollar × 10 × daraja_koeffitsienti
Daraja koeffitsientlari: BEGINNER ×1, INTERMEDIATE ×1.5, ADVANCED ×2. Natija 5 ga yaxlitlanadi, minimum — 10 XP.
Misol: 12 savollik INTERMEDIATE test → 12 × 10 × 1.5 = 180 XP.
Birinchi urinish bonuslari (mukofot ustiga):
- 100% natija: +25 XP;
- Vaqtning yarmidan tez topshirish: +15 XP (vaqt chegarasi bor testlarda).
Qayta topshirishlar XP bermaydi — lekin bilimni mustahkamlash uchun foydalidir.
Yuqoridagi kalkulyatorda o'z rejangizni hisoblab ko'ring.
Unvonlar jadvali
| Unvon | Minimal XP | Belgisi |
|---|---|---|
| Novice | 0 | 🌱 |
| Apprentice | 1 000 | 🥉 |
| Adept | 3 000 | 🥈 |
| Specialist | 7 500 | 🥇 |
| Expert | 15 000 | 💎 |
| Master | 30 000 | 🔷 |
| Grandmaster | 60 000 | 👑 |
| Titan | 120 000 | ⚡ |
Unvon chegaraga yetganda avtomatik yangilanadi va profil, reyting hamda izohlar yonida ko'rinadi.
Kunlik seriya
Seriya qoidasi oddiy: har kuni kamida bitta darsni yakunlang.
- Ketma-ket kunlar soni — seriya hisoblagichi;
- Eng uzun seriya alohida saqlanadi va profilga chiqadi;
- Bir kun o'tkazib yuborilsa, seriya 1 dan qayta boshlanadi;
- Bir kunda bir nechta dars — seriyani tezlatmaydi, lekin XP beradi.
Seriya sanasi Toshkent vaqt mintaqasidan emas, UTC kun chegarasidan hisoblanadi — yarim tunda dars qoldirmang.
O'qituvchi XPsi — to'liq formula
Kurs nashr etilganda bir martalik mukofot:
kurs_XP = (50 + modullar×15 + darslar_yig'indisi + sertifikat_bonusi) × daraja
Har bir dars:
dars_XP = 20 + davomiylik_daqiqa (max 60) + video_bor (10) + kod_muharriri (10) + matn_bonusi (2/5/8) + prevyu (5)
sertifikat_bonusi— kursda sertifikat yoqilgan bo'lsa 20, aks holda 0;- daraja:
BEGINNER ×1,INTERMEDIATE ×1.2,ADVANCED ×1.4; - yakun 5 ga yaxlitlanadi, minimum 10 XP.
Misol: 3 modulli, 12 darsli (har biri 15 daqiqalik video dars, qisqa matn), sertifikatli BEGINNER kurs → 50 + 45 + 12×(20+15+10) + 20 = 655 → 655 XP. Dars matni uzun bo'lsa, matn bonusi (+2/+5/+8) qo'shiladi.
Test nashr etilganda:
test_XP = (30 + savollar_yig'indisi) × daraja
Har bir savol: baza 8 + kod muharriri (5) + tushuntirish (2) + 4 va undan ko'p variant (1).
Imtihon nashr etilganda: baza 50 + har bir bo'lim 20 + har bir savol 6.
Muhim: mavjud kursga yangi dars yoki testga yangi savol qo'shsangiz, faqat yangi kontent uchun qo'shimcha mukofot hisoblanadi — eski mukofot takrorlanmaydi.